Qodiriya GES

Qodiriya GES — Toshkent viloyati Qibray tumani Qibray GES qishlog’ida joylashgan. Chirchiq-Bo’zsuv suv-energetika traktish qurilgan dastlabki elektr stansiyalardan biri, unitary korxona. Derivatsiya tipida. 1933 yil 1 mayda ishga tushirilgan. GES ning umumiy quvvati 13,2 MVt. Stansiyada har birining quvvati 3,3 MVt dan iborat bo’lgan 4 ta tik gidroagregat o’rnatilgan. GES gidrouzeli tarkibiga uzunligi 19 metr, balandligi 6 metr, umumiy hajmi sekundiga 100 m3 suv o’tkazishga mo’ljallangan bosh to’g’on, uzunligi 5049 metr, sekundiga 65 M5 suv o’tkazishga mo’ljallangan derivasiya kanali hamda bosim stansiya inshooti kiradi. O’zbekistonda birinchi ishga tushirilgan 35 kv kuchlanishli elektr uzatish tarmog’i 1933 yilda stansiyadan Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozlik zavodiga tortilgan. 2003 yilda 105,3 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.