Qodirxon Yusuf ibn Horun Bug’roxon ibn Muso tulka Eloq ibn Sotuq

Qodirxon Yusuf ibn Horun Bug’roxon ibn Muso tulka Eloq ibn Sotuq (? — 1032 yil dekabr, Qashqar) — Sharqiy Qoraxoniylar davlati xoni. Upgbiy va Ibn al-asir Qodirxon Yusufni Xo’tan hukmdori deb atashadi. Numizmatik ma’lumotlarga ko’ra, u 1013-14 yillarda Yorkend, 1014— 15 yillarda Qashqarda ham hukmronlik qilgan. 1025 yil Qodirxon Yusuf va Mahmud g’aznaviy bir paytda Movarounnahrga, Alitegin ustiga yurish qilishgan. Gardiziyning yozishicha, Samarqand yaqinida Qodirxon Yusuf Mahmud bilan uchrashgan, o’rtada bitim tuzilgan. Qodirxon Yusuf Aliteginning akasi To’g’onxonni Bolasog’undan siqib chiqargan. Qodirxon Yusufning mulki 1032 yilga kelib Sharqiy Turkistondan tashqari Yettisuv va Janubiy Qozog’istonni qamrab olgan. Poytaxt Qashqar shahri bo’lgan. Uning vafotidan keyin Sharqiy Turkiston va Yettisuv katta o’g’li Bug’rotegin Sulaymonga tekkan, u Arslonxon unvonini olgan. Talas (Avliyoota) va Isfijob (Sayram) Qodirxon Yusufning 2-o’g’li Yagantegin Muhammadga tekkan. U Bug’roxon unvoni bilan xonlik qilgan. Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t.2 (4.1). M., 1963; materialn po istorii Sredney i Tsentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988.