QOIDALAR

QOIDALAR — 1) u yoki bu ijtimoiy munosabat qatnashchilarining normative huquqiy hujjatlarda belgilangan yoki boshqa ijtimoiy normalar (urf-odatlar, an‘analar va shu kabilar)da ifodalangan fe‘l-atvori me‘yori, doiralari, shart-sharoitlari. Ba‘zan ―qoidalar‖ kategoriyasi mamlakatda normativ – huquqiy kategoriya sifatida joriy etiladiyu, ammo uning mazmuni yuridik jihatdan aniq belgilab qo’yilmaydi. Bunday qilinishi maqbul emas, chunki qoidani talqin qilish vakolatli organlar yoki mansabdor shaxslar ixtiyorida qoladi, bu esa huquqbuzarlikni noaniq tarkibi uchun javobgarlik chorasi qo’llashda foydalanishga yo’l ochib berishi mumkin. 2) normativ – huquqiy hujjatning ehtimol tutilgan nomi (shakli), masalan, transportning ayrim turlaridan foydalanish qoidalari yoki transportda yurish qoidalari, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalari, hududlarni ozoda saqlash qoidalari, yong’in xavfsizligi qoidalari va boshqalar. Korxona va tashkilot ma‘muriyati ko’pincha kasaba uyushmasi bilan kelishib ichki- mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlaydi.