Qoldiqorayev Jumag’ali

Qoldiqorayev Jumag’ali (1922, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xo’jayli tumani — 1944.26.1, Gomel viloyati Mozir shahrida dafn etilgan) — 2-jahon urushi qatnashchisi. Kolxozda ishlagan. 1941 yildan frontda. 7-gvardiyachi tankxa qarshi qiruvchi diviziya (Markaziy front 61-armiyaning 7-gvardiyachi otliq askarlar korpusi)ning oddiy askari. Gomel viloyatining Komarin shahridan 20 kilometr shimolda daryoni kechib o’tishda va jangda ko’rsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944. 15.1). Xo’jayli shahridagi va o’zi o’qigan maktab uning nomi bilan atalgan.