Qon so’rar chivinlar
Qon so’rar chivinlar — uzunmo’ylovli ikki qanotlilar oilasi. Uzunligi 8 millimetrgacha. Tanasi, ba’zan qanotlarining bir qismi tangachalar bilan qoplangan. Og’iz organlari sanchib so’ruvchi xartumdan iborat. 2500 ga yaqin turi, jumladan, O’zbekiston faunasida 25 turi bor. Urg’ochi Qon so’rar chivinlar, odatda, umurtqalilar qonini so’radi, erkaklari o’simlik shirasi bilan oziqlanadi. Qurtlari planktonda, odatda, oqmaydigan suv havzalari, suv to’planadigan daraxt- lar kovagida, uylarning erto’lalarida, hatto suv solingan bochkalarda, asosan, yilning iliq davrida, ba’zan qishda ham rivojlanadi; suvdagi mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Qon so’rar chivinlar, odatda, bezgak tarqatuvchi va bezgak tarqatmaydigan (qolgan 5 ta urug’) guruhlarga ajratiladi.