Qo’qon jome masjidi

Qo’qon jome masjidi – Qo’qondagi me’moriy yodgorlik (1819— 22); Qo’qon xoni Umarxon nomi bilan bog’liq. Masjid ulkan xonaqoh va uni uch tomonidan o’rab olgan 98 yog’och ustunli keng ayvon hamda minoradan iborat. Bino devorlari ganchkori, izoralari chaspak uslubida, ayvon shifti to’sinlari islimiy va girih naqshlar, ustunlar kalla muqarnaslar, o’yma naqshlar bilan bezatilgan, tag-kursilar marmardan ishlangan. Minora konussimon shaklda, yuqori qismi 6 qirrali qafasa tuynuk va qubba bilan tugallangan, bezaksiz. Minora yuqorisiga aylanma zina orqali chiqiladi. Qo’qon jome masjidining ziynatlangan — kandakorlik san’atidagi o’ziga xos yo’nalish; 18-19-asrlarda shakllangan. Qo’qon jome masjidining o’ymasi sayoz, ammo aniqligi bilan ajralib turadi, islimiy va girih naqshlari jozibador; o’simliksimon naqshlari ajoyib gullar hosil qiluvchi mayda qismlarga boy. 19-asr 2-yarmidan chekma bezaklar, chiziqlar, kataklar va boshqalar bo’rtiq shakllar ko’p uchraydi; naqsh zaminini bo’yash keng qo’llanadi. 19-asr oxiridan naqsh mujassamotlarida me’moriy obidalar (masalan, Xudoyorxon o’rdasi, usta Fozil ishi va boshqalar), afsonaviy hayvonlar (Usta Lutfulla Fozilov ishi va boshqalar) va odamlar tasvirlana boshladi; buyumlar Feruza, marjon va boshqa ko’zlar qadab bezatiladi. Qo’qon jome masjidi vakillari barkash, la’li, choy idishlari, kosa va boshqa an’anaviy buyumlarni, shuningdek, fabrikada ishlab chiqarilgan idishlar (masalan, usta Siddiq Otaullaev bezagan samovar va boshqalar)ni ham o’simliksimon va handasiy naqshlar bilan jozibador bezadilar. Qo’qon jome masjidi ustalaridan Otaulla Muhammad Rajab, Mulla Xoliq, Fozil Otaullayev, Lutfupa Fozilov va boshqalar tanilgan. 21-asr boshiga kelib, Qo’qon jome masjidi uslubida ijod qilayotgan usta Maqsud Madaliyev va uning shogirdlarining Kandakorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari katta, ular ijodida O’zbekistondagi turli Kandakorlik maktablarining an’analari uyg’unlikda qo’llanilib, ajoyib san’at asarlari yaratilmoqda.