Qorabog’iy Yusuf

Qorabog’iy Yusuf, Yusuf ibn Muhammadjon al-Qorabog’iy al-Muhammad Shohiy (1563, Ozarbayjon, Qorabog’qishlog’i — 1647, Buxoro) — faylasuf olim va faqih. Dastlabki ma’lumotni Qorabog’da olgan, so’ngra Shirvon va Sherozda tahsilni davom ettirgan. Arab va fors tillarini chuqur bilgan. Siyosiy notinchliklar (Safaviylar davlatiaati qizilboshlilar zulmi) natijasida ustozi Habibulla Mirzojon Sheroziy bilan Samarqandga kelib (1586), kubroviylik tariqatining Samarqanddagi piri Xalilullo Badaxshiyning shogirdi sifatida Kubroviylikning faol targ’ibotchisiga aylangan. Keyinchalik Buxoroga ko’chib kelgan va uning Sepulon mavzeida yashab qolgan. Qorabog’iy Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, G’azoliy, Nosiruddin Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Taftazoniy kabi faylasuf- larning an’analarini davom ettirib, 16-17-asrlarda falsafaning O’rta Osiyodagi taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. Qorabog’iyning «Risolai botiniyya» (bu asar «Yetti jannat» nomi bilan mashhur), «Fi ta’rifi ilm» («ilm ta’rifida»), «Mafotih» («kalitlar») va boshqa asarlar yozgan. Shuningdek, u Davoniy, Qazviniy, Taftazoniy, Shahobiddin Suxravardiy kabi olimlarning asarlariga sharhlar bitgan, Arab tili, mantiq, riyoziyot, lug’atshunoslik va fiqh masalalariga oid qator risolalar, she’rlar ham yozgan. Olimning 24 ta risolasining qo’lyozmasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.