Qorabov

Qorabov — Toshkent viloyatidagi soy. Qizilnura tog’larining Janubiy- Sharqiy yon bag’irlaridan boshlanib, Janubga oqadi. Angren shahri yaqinida Ohangaron daryosiga o’ng tomondan quyiladi. Uzunligi 37 kilometr, havzasi maydoni 184 km2, asosan, buloq suvlaridan to’yinadi, shu bois, soyda yil davomida suv oqadi. O’rtacha yillik suv sarfi (Samarchuk qishlog’i yonida) 3,2 m3/sekund. Qorabovda ba’zan sel toshqinlari kuzatiladi. Qorabov suvining o’rtacha loyqaligi 81 g/m3. Eng katta suv sarfi 1959 yil 8 aprelda 114 m’/sekundga yetgan. Qorabov suvining 70— 75% mart — iyun oylarida oqib o’tadi. Soy suvi sug’orishga sarflanadi.