Qorachoy-bolqor tili

Qorachoy-bolqor tili – turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Turkiya, Suriya, AQShda yashovchi qorachoylarning hamda Rossiya Federatsiyasining Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qo’shni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. So’zlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qorachoylar 150 ming, bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-asr oxirlari). Qorachoy-bolqor tili, asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega bo’lgan 2 ta: «ch» lovchi – «j» lovchi (qorachoy) va «ts» lovchi — «z» lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga bo’linadi. Masalan, quchuk > kusuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > Zuz (yuz), jil > zil (yil) va boshqalar. Qorachoy-bolqor tilining o’ziga xosligi sifatida yana ba’zan so’z boshidagi «y» undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — o’n, eki on — yigirma YuCh on — o’ttiz; bir jiyirma — yigirma, eki jiyirma — qirq, YuCh jiyirma — oltmish) kabilarni ko’rsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan o’mashgan so’zlar mavjud. O’tgan asrning 20-yillarida «ch» lovchi lahja asosida adabiy Qorachoy-bolqor tili shakllandi. Yozuvi 1924-26 yillarda Arab grafikasi, 1926-37 yillarda lotin grafikasi, shundan keyin rus grafikasi asosida shakllantirilgan. Ad.: Baskakov na.. Vvedenie v izuchenie tyurkskix Yazikov, 2-izd., M., 1969; Aliev U. B., Sintaksis Karachevo-balkarskoyu yazika, M., 1973; Problemm Semantiki i stilistiki Karachevo-balkarskogo yazika, Nalchik, 1987.