Qoraqayin, Buk

Qoraqayin, Buk – qoraqayindoshlarga mansub bir uyli, barg to’kuvchi daraxtlar turkumi. Shimoliy yarim sharda 10 turi o’sadi. Yovropa va Sharq Qoraqayin turlari ekiladi. Bo’yi 50 metr, diametri 2 metr, tanasi kulrang, silliq po’stlokli. Issiqsevar, soyabardosh daraxt. O’rta Osiyoda yovvoyi hodda uchramaydi. Barglari oddiy, tekis, ko’pincha cheti hoshiyali. Barglari yozilishi bilan gullaydi. Shamol vositasida changlanadi. 20-40, ba’zi turlari 60 yoshidan mevaga kiradi. Mevasi yog’ochsimon po’st bilan o’rchgan uch qirrali yong’oqcha. Tog’larda 2300 metr balandliklarda ham o’sadi. 40-100 yil tez o’sadi, 350— 500 yilgacha yashaydi. Yog’ochi pishiq, og’ir va yaxshi silliqlanadi. Suv osti qurilishlarida, mebelsozlikda ishlatiladi, musiqa asboblari, faner va boshqalar tayyorlanadi, metil spirti olinadi. Mevasi tarkibida zaharli alkaloid-fagin bor. Yong’oqchalaridan ovqatbop va texnik moy olinadi. O’zbekistonda manzarali daraxt sifatida ekiladi. Urug’i va ildiz bachkisidan ko’paytiriladi.