Qorao’rdak

Qorao’rdak – g’ozsimonlar turkumining o’rdaklar kenja oilasiga mansub qush. Oyoqlari kalta, qizil, panjalari yirik. Panjalari orasidagi pardalar keng. Qanoti nisbatan kichik, dumi kalta. Nari qora, modasi qora-qo’ng’ir tusda. Yevropa va ob daryosi havzasida uya quradi. 6-10 ta tuxum qo’yadi. O’rta Osiyoda qushlar uchib o’tishi davrida uchraydi. Mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Soni kamligi tufayli xo’jalik ahamiyatiga ega emas.