Qorapo’choq, Qorapo’choq 3744

Qorapo’choq, Qorapo’choq 3744 — kechpishar qovun navi. O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida chiqarilgan. Shakli cho’ziq-tuxumsimon, uzunligi 32-45 santimetr, sirti tekis, o’rtacha bo’rtmali to’rlar bilan qoplangan. Tusi to’q yashil, etining qalinligi 4-4,5 santimetr. Oq, yumshoq, bir oz tig’iz, shirin. Og’irligi 4-4,5 kilogramm (9 kilogrammgacha). Urug’xonasi o’rtacha kattalikda. Tarkibida 9,8% qand, 11,7% quruq modda bor. Saqlanish davomida shirinligi ortib boradi. Niholi unib chiqqanidan so’ng birinchi hosili 124 kunda pishadi. Hosildorligi 300-320 ts/ga. Yaxshi saqlanadi, uzoq joylarga yuborishga yaroqli. 1949 yildan Farg’ona vodiysida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.