Qoraqulov Juman

Qoraqulov Juman (1921, Qoraqalpog’iston Respublikasi, To’rtko’l tumani — 1944.18.10. Chexoslovakiya, Zvala shaharchasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan frontda. 327-gvardiyachi tog’ o’qchi polki (4-Ukraina fronti 1-gvardiyachi armiyaning 128-gvardiyachi tog’ o’qchi diviziyasi)ning gvardiyachi oddiy askari. Zvala shaharchasini ozod etishda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1945.24.3, vafotidan so’ng). Qoraqalpog’iston Respublikasining Chimboy shahridagi ko’cha va maktabga uning nomi berilgan.