Qoratosh hammomi

Qoratosh hammomi – me’moriy yodgorlik (15-16-asrlar). Toshkent arxeologiya jspedisiyasi tomonidan Toshkent shahrining Qoratosh ko’chasida ochilgan. Qoratosh hammomi dahliz, supali yechinish xonalari, miyonsaroy, uning asosiy o’klari bo’ylab joylashgan xonalar (bu xonalarda issiq va iliq suvli hovuzchalar bo’lgan) qadimgi an’anaviy Sharq hammomlari tarhida qurilgan. Xonalar sahniga yalaloq g’isht yotqizilgan; oqova suv uchun ariqchalar qilingan. Xushbo’y MBDdalar va kul suvi (ishqorli suv) uchun mo’ljallangan hovuzchalar devori va tubiga suvga chidamli maxsus qorishma «qir» qoplangan. Devorlar kulrang va pushti rang ganch bilan suvalgan, supa tepasidagi devorlar guldor sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan. Qoratosh hammomi shaharning shu yerida joylashgan O’rda inshootlari majmuiga kirgan va nufuzli kishilarga mo’ljallangan.