Qoraunos

Qoraunos-XV asrning ikkinchi yarmida, Abulxayrxon tashkil etgan ko’chmanchi o’zbeklar davlatida ko’chmanchi o’zbeklar mo’g’ullarni qoraunos, ya’ni metislar deb atashgan. Bir vaqtlar mo’g’ullar ham Movarounnahrning XIII-XIV asrlardagi aholisini shunday nom bilan ataganlar. Ko’chmanchi o’zbeklarning mo’g’ullarni bunday nom bilan atashining sababi shuki, XV asrda Mo’g’ulistonda mo’g’ul qabilalaridan tashqari qalmoqlar va qirg’izlar, XV asrning 40-50-yillaridan boshlab esa ko’chmanchi o’zbeklar ham yashaganligidir. Mana shuning uchun ham ko’chmanchi o’zbeklar mo’g’ullarni qoraunos deb atashgan.