Qoraungur

Qoraungur — Andijon viloyatidagi daryo. Farg’ona tizmasining shimoliy- Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. Havzasining maydoni 1244 km2. Daryo yuqori qismida tog’lar orasida oqadi. O’rtacha yillik suv sarfi 29,5 m3/sek. Muzlik va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Daryo suvi bahorda ko’payadi. Bozorqo’rg’on qishlog’idan oqib o’tgach, Tentaksoy deb ataladi. Qoraungur Qirgizistonning Jalolobod viloyati hamda Paxtaobod tumani ekin maydonlarini suv bilan ta’minlaydi.