Qorayaloqlar

Qorayaloqlar – chumchuqsimonlar turkumi avlodi. 63 turi ma’lum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Tanasining uzunligi 20-25 santimetr. Yerda sakrab harakatlanadi. Uyasini yakka yoki koloniya bo’lib daraxt, buta, ba’zan yerga quradi. Ko’pincha loy, o’simlik bargi, novdasidan uya yasashda foydalanadi. Yiliga 1-2 marta 3 — 7 tadan tuxum qo’yadi. Hasharotlar, o’rgimchaklar, chuvalchanglar, mollyuskalar va mevalar bilan oziqlanadi. O’zbekistonda 7 turi migrasiya va qishlash davrida uchraydi. 1 turi — qora qorayaloq yoki qorashaqshaq o’troq yashaydi.