Qo’rg’oshin

Qo’rg’oshin, R -Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 82, atom molekulasi 207,2. Tabiiy Qo’rg’oshin 5 ta barqaror izotop: 2(,2R (juda oz miqdorda), 2MR (1,5%). 206R (23,6%), 2(|7R (22,6%) va 208R(52,3%) lardan iborat. Qo’rg’oshin miloddan 6-7 ming yil avval Misr, Mesopotamiya va qadimgi dunyoning boshqa mamlakatlari xalqlariga ma’lum bo’lgan. Ular Qo’rg’oshindan haykal, uy anjomlari va boshqa buyumlar yasashgan. Rimliklar Qo’rg’oshindan suv quvurlari sifatida foydalanishgan. Yunoniston va qadimgi Rimda Qo’rg’oshin birikmalari — Qo’rg’oshin kuliro va Qo’rg’oshinli oq bo’yoq 2RSO,R(on), turli dori va bo’yoqlar tayyorlash uchun ishlatilgan. Qo’rg’oshin Yer po’stining massa jihatidan 1,6T0~3%ini tashkil etadi. Uning 80 ga yaqin minerali ma’lum (bulardan eng muhimi galenit R5). Polimetall rudalarning oksidlanish zonalarida Qo’rg’oshinning (90 ga yaqin) ikkilamchi rudalari hosil bo’ladi, ular jumlasiga anglezit R804, tserussit RSO, krokoit Rsg04, piromorfit R,(ro,),S1 kiradi. Qo’rg’oshin radioaktiv elementlarning yemirilishidan hosil bo’lgan oxirgi mahsulot sifatida uran, toriy va aktiniy rudalarida uchraydi. Biosferada Qo’rg’oshin oz miqdorda va tarqoq holda bo’ladi (tirik organizmda 5-10 3%, dengiz suvida ZT0 9%). Tabiiy suvlardagi Qo’rg’oshin ionlari loyga yutilib, vodorod sulfid ta’sirida R8 holida suv tubiga cho’kadi, natijada dengiz balchig’ida Qo’rg’oshin to’plana boradi. Qo’rg’oshin yoqlari markazlashgan kub shaklida kristallanadi. Qo’rg’oshinning allotropik shakl o’zgarishi yo’q; suyuqlanish temperaturasi 327,4°, qaynash temperaturasi 1725°, zichligi 11,34 g/sm3. Qo’rg’oshinning o’z birikmalaridagi oksidlanish darajalari +2 va +4; kimyoviy faol element emas. Qo’rg’oshinning R20, ro, R02, R304 va R203 tarkibli oksidlari ma’lum. Kislorodsiz sharoitda suv Qo’rg’oshinga ta’sir etmaydi. Qo’rg’oshinning R (on), va R(on)4 tarkibli gidroksidlari amfoter. vodorodli birikmasi rN4 rangsiz gaz, beqaror modda, u R va N2 ga parchalanadi. Qo’rg’oshin galogenlar bilan birga qizdirilsa, RX2 tarkibli, suvda oz eruvchan galogenidlar hosil qiladi (bu yerda X—galogen). Sanoatda Qo’rg’oshin R8 va qisman Qo’rg’oshinning kislorodli birikmalaridan olinadi. Metall holdagi Qo’rg’oshin olish uchun R8 ni havo ishtirokida kuydirib, hosil bo’lgan ro ni ko’mir ta’sirida xomaki Qo’rg’oshinga qadar qaytariladi. Kuydirish jarayonida paydo bo’ladigan R8YU3 ni qaytarish uchun ohak qo’shiladi. Xomaki Qo’rg’oshinda 92-98% R bo’lib, qolgan qismini Si, A§ (ba’zan Ai), 2p, 8p, A$, V1, G’e tashkil qiladi. Qo’rg’oshin juda ko’p miqdorda Qo’rg’oshin akkumulyatorlari uchun sarflanadi. Qo’rg’oshin u va boshqa radioaktiv nurlarni yutishi sababli Qo’rg’oshindan radioaktiv moddalar saqlanadigan idishlar, rentgen xonalari uchun qurilmalar tayyorlanadi. Elektr kabellarni korroziyadan va mexanik ta’sirdan himoya qilish uchun Qo’rg’oshin bilan qoplanadi. Qo’rg’oshin asosida juda ko’p qotishmalar hosil qilinadi. Qo’rg’oshin oksid ro billur va optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi. Uning azidi va stifiati (trinitrorezortsinati) portlovchi moddalar uchun tutantiriq sifatida ishlatiladi. Qo’rg’oshinning tetraetili esa antidetanatordir. N28 ning bor-yo’qligini aniqlash uchun Qo’rg’oshin atsetatdan foydalaniladi. Qo’rg’oshinning barqaror izotopi 204R va radiaktiv izotopi 2|2R nishonli atomlar sifatida qo’llanadi. Qo’rg’oshinli dorilardan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi. O’simliklar o’zi uchun kerakli Qo’rg’oshinni tuproqdan, suvdan va atmosfera yog’inlaridan oladi. Odam organizmiga 1 sutkada ovqat orqali 0,22 mg cha, suv orqali 0,1 mg cha, chang orqali 0,08 mg Qo’rg’oshin kiradi. Qo’rg’oshin miqdori sutkasiga 0,2—2 mg dan oshmasligi kerak. Ortiqcha Qo’rg’oshin organizmni zaharlaydi. Natijada jigar, yurak-tomir sistemasi, o’pka va boshqa organlar kasallanadi. Bunday bemorlarni davolashda maxsus (komplekson hosil qiluvchi) va umuman sog’aytiruvchi dorilar (glyukoza, turli vitaminlar) hamda fizioterapiya usullari qo’llanadi. Qo’rg’oshindan xastalanishni bartaraf qilishda profilaktika katta ahamiyatga ega. Bu maqsadda Qo’rg’oshin o’rniga boshqa metall (masalan, rux) ishlatish, Qo’rg’oshinli oq bo’yoq o’rniga titanli oq bo’yoqdan foydalanish, Qo’rg’oshin ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, ish joylarini shamollatish, ishchilarni shaxsiy himoya qilish, parhez saqlash, vaqt-vaqti bilan tibbiyot ko’rigidan o’tkazib turish katta ahamiyatga ega. Ad.: Rahimov X. R., Anorganikximiya, T., 1984; Kasmmova S.S., Biogennne elementi, T., 1990. Stalina Qosimova.