Qo’riq yer

Qo’riq yer — asrlar davomida ekin ekilmagan, tabiiy o’simliklar bilan qoplangan yer. Haydalma yerlarga nisbatan Qo’riq yer tuprog’ining ildiz o’sadigan qavati ko’p miqdorda gumus, azot va o’simliklar oziqlanishi uchun muhim bo’lgan boshqa elementlarga boy bo’ladi. Begona o’tlar urug’i bilan kam ifloslangan, biologik faolligi past va o’ziga xos suv rejimiga (qurg’ogchil rayonlarda ular kuchli quruq, nam yerlarda ko’proq namchil) ega. Qo’riq yerning bu xususiyatlari har xil tipdagi Qo’riq yerlarda turli darajada namoyon bo’ladi. Qo’riq yerlar: cho’l, dasht va yarim cho’l, Daryobo’yi, botqoq, suvsiz vodiy yaylovlari va o’tloqlari kabi asosiy tiplarga bo’linadi. Qo’riq yer dehqonchilikda haydalma yer resurslarini ko’paytirishning asosiy manbai.