Qozon universiteti

Qozon universiteti – Rossiyadagi qadimgi universitetlardan biri. 1804 yil Qozon shahrida tashkil etilgan. Matematika, fizika, geologiya, kimyo, biologiya, tarix, geografiya, huquq, filologiya, ekologiya va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tarkibida bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalar, muzeylar, nashriyot, ilmiy kutubxona (5 millionga yaqin asar) bor. Universitetda 11 mingdan ziyod talaba ta’lim oladi, 1000 dan ortiq o’qituvchi va ilmiy xodim ishlaydi.