Qrim tog’lari
Qrim tog’lari – Qrim yarim orolining Janubidagi tog’lar. Uzunligi 150 kilometr, eni 50 kilometrgacha. 3 qator tizmadan iborat. Janubiy yoki Bosh tizma (eng baland joyi 1545 metr, Babugan Yayladagi Roman-kosh tog’i) va 2 qator kuesta tipidagi tizmalar (shimoliy yon bag’irlari qiya, Janubiy yon bag’irlari tik). Bosh tizma qator supasimon tog’lardan iborat bo’lib (ularning yassi yuqori yuzasi «yayla» deb ataladi), karst relef shakllari xos. Tog’yon bag’irlari dub, qoraqayin va qarag’ay o’rmonlari, yaylalar kserofit — tog’ o’simliklari bilan qoplangan.