Qumbul, Qunbul, qanbul

Qumbul, Qunbul, qanbul (mo’g’ulcha — «markazni qurshamoq», «qanot muhofazachisi») — qo’shin qanotlarini dushman hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism. Ma’lumki, Amir Temur jahon harbiy san’ati tarixida 1-bo’lib armiyani jang maydonida 7 qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Sohibqironning harbiy ish rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlaridan yana biri lashkar qanotlarini jang paytida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha g’anim kuchlarini 2 yon tomondan aylanib o’tib, unga ortdan kuchli zarba berish maqsadida Qumbul tuzilgan. 5 qismdan iborat jangovar tartibning o’ng va so’l qanotlari uchiga Qumbul joylashtirilgan. Bunday yangi harbiy qism tarixning guvohlik berishicha, o’tmishdagi atokli sarkardalar qo’shinida bo’lmagan.