Qumarchiq

Qumarchiq — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t turi. Bo’yi 20-50 santimetr. Bargi bandsiz, nashtarsimon yoki lentasimon. Gullari ko’rimsiz, dag’al tukli gul to’plamiga yig’ilgan. Gulqo’rg’oni 1 — 3 bo’lakli, changchisi 2-3 ta. Avgust —oktabrda gullab mevalaydi. O’zbekistonda Surxondaryo viloyatida, Qoraqalpog’istonning qumli cho’llarida, Buxoro vohasida tarqalgan. Urug’i tarkibida 16-17% oqsil, 6-10% yog’, 60% uglevod bor. Gullab urug’laguncha mollar uchun yaxshi ozuqa. Chala cho’l va cho’l zonalarida qumliklarni mustahkamlash maqsadida ekiladi.