Qutchi

Qutchi — turkiy qabila. Qutchilarning ilk ajdodlari Janubiy Sibirda, 10-13-asrlarda esa Qashqar va Yettisuvda yashagan. 13-14-asrlarda Qutchilarning katta bir qismi Movarounnahr hududiga kelib mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Bir qismi qirg’izlar tarkibida ham mavjud bo’lgan. Qutchilarning ozroq qismi o’z nomlarini 20-asrning boshlarigacha saqlab kelgan. Bular, asosan, Zarafshon tizma tog’ etaklarida — Urgut atroflarida, Qashqadaryoning yuqori oqimlarida Shahrisabz vohasida joylashgan. Qutchi bir necha urug’larga bo’lingan. Eng yiriklari: shixsayot, moli, movar, qashqari. Qutchilar, asosan, dehqonchilik bilan shug’ullanishgan.