Qutiboyev Erkinboy Menliboyevich

Qutiboyev Erkinboy Menliboyevich (1972.28.8, Nukus) — muaytaychi, kikboksingchi. «O’zbekiston iftixori» (1999). O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2004), Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2002). Qutiboyev dastlab sportning erkin kurash va boks turlari bilan shug’ullandi, kikboksing bo’yicha Yevropa chempioni bo’ldi (1994, rimini). Kurashning muaytay turida katta Shuhrat qozondi: 91 kilogramm vaznda O’zbekiston (1997-2004), Osiyo o’yinlari (1998, Bangkok), jahon (1995, 1997, 1998, 2002, 2004, Bangkok) chempioni. Qutiboyev Kiyev texnika universitetini tugatgan (1994), O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bosh mutaxassisi (1997— 2001), Qoraqalpog’iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi raisi (2001-2002), O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining Qoraqalpog’iston filiali direktori (2002— 2004), Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji direktori (2004 yildan). O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi (2005), Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi deputati (2005). O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining 1-o’rinbosari (2006 yildan).