Quruqlik

Quruqlik — yer yuzasining dengiz va okeanlardan xoli bo’lgan qismi. Maydoni 149,1 million km2, butun yer yuzining 29,22%ni tashkil etadi. Quruqlik materik (Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Antarktida, Avstraliya), Orol va yarim orollardan iborat bo’lib, Yer sharida notekis taqsimlangan. Shimoliy yarim sharda Quruqlik 39% bo’lsa, Janubiy yarim sharda 19%. G’arbiy yarim sharning ko’p qismi suv, Sharqiy yarim sharning katta qismi esa Quruqlikdan iborat. Materiklarning dengiz tagida davom etgan va chuqurligi 200 metrgacha bo’lgan qismlari ham Quruqliklarga kiritiladi. Chunki ularning tektonik tuzilishi Quruqliknikiga o’xshaydi. Quruqlik abadiy emas, yer po’stining asta-sekin pasayib borishi natijasida dengiz ostiga tushishi yoki asta ko’tarilib dengiz hududlari Quruqlikka aylanishi mumkin. Masalan, O’rta Osiyo hududi paleozoy erasi boshlarida dengiz ostida bo’lgan va 20 million yil ilgari Quruqlikka aylangan.