Qutchi

Qutchi-qadimgi turkiy qabilalardan biri. Qutchilarning ilk ajdodlari Janubiy Sibirda, X-XIII asrlar davomida esa Qashg’arda va Yettisvda yashab kelganlar. XIII-XIV asrlarda qutchilarning katta bir qismi hozirgi O’zbekiston hududiga kelib joylashganlar va o’zbeklar tarkibiga kirganlar. Bir qismi qirg’izlar tarkibida ham mavjud bo’lgan. O’zbeklar tarkibidagi qutchilar allaqachon o’troqlashib, o’zbek xalqi bilan aralashib ketgan. Ozroq qismi esa o’z nomlarini XX asr boshlarigacha saqlab kelganlar. Bular asosan Zarafshon tizma tog’ etaklarida. Urgut atroflarida Shahrisabz vohasida, Qashqadaryoning yuqori oqimlarida joylashgan. Qutchilar bir necha urug’larga bo’lingan. Eng yiriklari: shix-sayot, moli, movar, qashqari. Qutchilar asosan dehqonchilik bilan shug’ullanganlar.