Qumoy

Qumoy — lochinsimonlar turkumi, qarchig’aylar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 1 metrdan ortiq, vazni 10-11 kilogramm, qanoti yoyilganda 3 metrga yaqin. Yetuk individlari och qo’ng’ir, bo’ynida ingichka, uzun qil patlari bor. Qanotlarining osti oq. Yoshlari oqishroq. Tumshug’i sarg’ish oq, ko’z qorachig’i qizg’ish. O’rta va Markaziy Osiyoning tog’li hududlarida tarqalgan. O’zbekistonda Hisor tog’ida uchraydi. Tog’larning o’rta va yuqori qismida 2000-2500 metr balandlikda yashaydi. Fevralda 1 dona tuxum qo’yadi va ikkala jins navbat bilan 50-60 kun bosadi. Poloponlari avgustda ucha boshlaydi. O’limtiklar bilan oziqlanadi. Tabiatda kamyob tur. O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.