Qorixona xonaqohi

Qorixona xonaqohi – Farg’ona viloyatidagi me’moriy yodgorlik (17— 18-asrlar); qorilar (Qur’on o’quvchilar) xonasi. Dastlab xonaqoh vazifasini o’tagan Qorixona xonaqohi hovli, hujralar, gumbazli xona (tamaddixona), sag’ana hamda chillaxonadan iborat: hujralar hovlining 2 yonida joylashgan, ular oralig’ida gumbazli xona qad ko’targan, hovlining Janubda shu yerlik eshonning ravoqti sag’anasi, uning yonida esa 2 metr chuqurlikda chillaxona joylashgan. Qorixona xonaqohi gumbazi xom g’ishtdan o’ziga xos tuxumsimon shaklda ishlangan. Xonalar tosh o’choq bilan isitilgan.