Qoriyev Rahim Majidovich

Qoriyev Rahim Majidovich (1905. 31.12 – Toshkent – 1989.24.8) – teatr arbobi. O’zbekiston (1967) va Qoraqalpog’iston (1957)da xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Leningraddagi Gersen nomidagi pedagogika, Plexanov nomidagi Moskva xalq xo’jaligi, Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutlarida ta’lim olgan. O’zbekiston XKS huzuridagi san’at ishlari boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari hamda O’zbek davlat opera va balet teatri direktori (1934-41), 2-jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). 1946— 57 yillar Navoiy teatri direktori. Madaniyat vazirligi san’at boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari (1958-62), 1962-85 yillar O’zbekiston teatr jamiyati Prezidiumi raisi o’rinbosari.