Qorixona
Qorixona — Xivadagi me’moriy yodgorlik (1863 — 77); Ichan qal’a tarkibida. Pahlavon Mahmud majmuasi joylashgan qabristondan g’arbroqda ko’cha bo’ylab yonma-yon joylashgan. Qur’on o’quvchilar (keyinchalik ko’rlar) yotoqxonasi. Qorixonaning ko’cha tomondan tarzlari jamoat binolari me’morligi, qolgan qismlari Xorazm turar joylari me’morligi uslubida bunyod etilgap. Alohida qurilgan 4 binodan iborat: 1-Qorixona (tarhi 10×7,9 metr) va hovli (5.8*5.2 metr): 2-Qorixona (8.8×6,8 metr) va hovli (2×3.2 metr); 3-Qorixona (9.5×4.4 metr) va hovli (2,95×2,65 metr); 4-Qorixona (9×9,5 metr) va hovli (3,85×1.85). Asosiy o’qdagi peshtoq. miyonsaroy na ochiq hovli ayvon bilan yoki to’g’ridan-to’g’ri turar joylar bilan bog’langan. 1, 2. 4-Qorixonalarning to’rtburchak tarhli ulug’ayvonlari shim. ga qaragan; kichik 3-Qorixona peshtoq – hovli — yotoqxona tarzida soddalashtirilgan, yon tomonlaridagi binolar bilan siqib qo’yilgan umumiy to’grp burchakka kirgan. Xonalar eshik orqali yoritilgan, tashqi devorlarda deraza (tuynuklar) yo’q. Bino balxi gumbazlar bilan, ayvonlar tekis toklar bilan yopilgan. Peshtoqlarining tepa dandanalari yashil «bandak»lar bilan bezatilgan. O’ymakori eshiklarida binoning qurilgan yili yozilgan.