Qorliyev Olti

Qorliyev Olti (1909.6.1 — Ashxobod — 1973,11,12) — turkman aktyori, rejissyor, dramaturg. Xalq artisti (1955). Boku teatr texnikumini tugatgan (1931). Turkman drama, opera teatrlarida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor bo’lib ishlagan. 1956-60 yillar «Turkmanfilm» direktori. 1957 yildan shu kinostudiyada rejissyor, aktyor. Nuri («Dursun»). Kerim («uzoqdagi kelin»), Aldarko’sa («sehrgar kristall»). cho’pon Durdi va uning o’g’li qadam («cho’pon o’g’li»), bayram («oila nomusi») kabi rollari bilan turkman kinosi rivojiga munosib hissa qo’shdi. Rejissyor sifatida «Maxsus topshiriq», «Ayna», «dadil qadam», «Mahtumquli», «Daryo orti chegara», «muqom sirlari» singari filmlarni suratga olgan. 1974 yildan «turkmanfilm» Qorliyev nomi bilan yuritiladi. Turkmaniston Davlat mukofotlari laureati (1966, 1976).