Qoraquloq, karakal

Qoraquloq, karakal — Mushuklar urug’iga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 65— 82 santimetr, dumi 25-30 santimetr. Tashqi ko’rinishi qisman silovsinga o’xshaydi; qulog’i uchida qora tuklari bor, lekin dumi to’mtoq emas. Yungi kalta. Afrika va Osiyo cho’llarida yashaydi; O’rta Osiyoda Turkmaniston Janubda uchrashi mumkin. Quyon, mayda kemiruvchilar (qumsichqonlar) va qushlarni tutib yeydi. Soni kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.