Qunduzlar

Qunduzlar — suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urug’i. Yevropa, Osiyo, Shimoliy -G’arbiy Afrikada cho’llardan boshqa joylarida tarqalgan. Gavdasining uzunligi 55-95 santimetr, nisbatan ingichka va egiluvchan, vazni 10 kilogrammgacha. Dumi 45 santimetrgacha. Oyoqlari kalta, barmoqlari orasida suzgich parda bo’ladi. O’zbekmstonda 1 turi — Qunduz tarqalgan. Qunduzlar chuchuk suv havzalari yaqinidagi inlarida yashaydi. Sho’ng’iganida quloq va burun teshiklari maxsus klapanlar bilan bekiladi. Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin tullaydi. Yumshoq to’shamali uyasini suv havzasining baland qirg’oqlariga yasaydi. Bo’g’ozlik davri 8— 10 oy. Ikki yilda bir marta — aprel — mayda, ko’pincha 3 ta bola tug’adi. Asosan, baliq, baqa, ba’zan o’rdak va boshqalar bilan oziqlanadi. Mo’ynasi (ayniqsa, qishki) qimmatbaho hisoblanadi. Soni keskin kamayganligi uchun ovlash taqiqlangan.