Qurbon sozchi

Qurbon sozchi (taxallusi; asl nomi Qurbon Ismoilov) (1866 — Xiva — 1946) — baxshi, O’zbekiston xalq shoiri (1938). Xudoybergan o’tagan o’gli va Qo’shako’r sozandaning shogirdi. Yoshligidan musiqa va adabiyotga qiziqqan, xalq ijodi namunalarini, she’r yozish qonun-qoidalarini o’rgangan. «Qurbon ota hayotidan», «Xorazm tarixi» va boshqa termalarini garmon jo’rligida ijro etgan. Xiva shahridagi maktab, o’zi tug’ilib o’sgan ko’cha, Xorazm viloyati kutubxonasi baxshi nomi bilan atalgan. As.Qurbon ota Ismoilov, g’azallar, T., 1939; Xorazm xalq qo’shiqlari, T., 1965.