Qutb

Qutb (matematikada) — 1) koordinatalar tizimida Qutb koordinatalar boshi; 2) sharning qutbi uning katta doirasiga perpendikulyar bo’lgan diametrning uchlari; 3) biror r to’g’ri chiziqning ikkinchi tartibli k chiziqqa nisbatan qutbi shunday R nuqtaki, bu nuqta uchun r to’g’ri chiziq R nuqtaning k chiziqqa nisbatan polyarasi vazifasini o’taydi; 4) funktsiya qutbi funktsiyaning ajralgan maxsus nuqtasidir. Qutbda DG) funksiya aniqlangan emas, lekin ushbu shart bajariladi. Funktsiyalarning qutbi haqidagi ta’limot kompleks o’zgaruvchining analitik funktsiyalari uchun rivojlangan.