Quyosh halqasi

Quyosh halqasi – Quyoshning mos balandliklarini kuzatish usuli bo’yicha vaqt tuzatmasi aniqlanadigan asbob; ichi shkalali metall halqa. Nayza uchiga o’rnatilgan. Nayzadan taxminan 45° masofada teshikcha ochilgan. Tushdan 2 soat oldin Quyosh teshik orqali hosil qiladigan yorug’nuqtaning shkala bo’laklaridan o’tish momenti tekshiriladigan soatda belgilab qo’yiladi. Kuzatish tushdan keyin takrorlanadi. Bu momentlar yig’indisining yarmi (yarim minut aniqligida) haqiqiy tush vaqti soatini ko’rsatadi. Vaqt tenglamasiga qo’shib, o’rtacha quyosh tush soati hosil qilinadi; — mintaqalarning geografik uzunligi va soat mintaqasi raqami aniqlanib, mahalliy mintaqa vaqti, so’ngra soat tuzatmasi hisoblanadi.