Quzg’un

Ma’nosi

Quzg’un — qarg’asimonlar oilasiga mansub qush. Yevropa, Osiyo (janubi- Sharqiy qismidan boshqa joylarida), Shimoliy va Markaziy Amerika, shimoliy Afrikada tarqalgan. O’zbekistonning hamma joylarida uchraydi. Tanasi 60-65 santimetr. Qora, ko’k yoki yashil tusda metalldek yaltiraydi. Tomog’idagi parlar uzunroq. O’troq yoki ko’chib yurib yashaydi. Daraxt, qoya, baland inshootlar va boshqalarga uya yasaydi. Bir uyadan bir necha yil foydalanadi. 5-6 ta tuxum qo’yib, 19-21 kun bosadi. Hammaxo’r.

O‘xshash so‘zlar

Q harfi: barcha so‘zlar