Radiator nima?

Markaziy isitish tizimi batareyalari — bu, suvli radiatorlardir. Bundan tashqari, radiator elektrli yoki gazli bo’ladi. Ularning hammasi xonadonlarni isitish uchun mo’ljallangan. Avtomobilda esa, aksincha, radiator motorni sovutadi. Radiator — bu, isitish tizimidagi qizdiruvchi qurilma. U issiqlikni qabul qiladi va uni atrof muhitga tarqatadi. Issiqlik chiqaradigan yuzasini ko’paytirish maqsadida radiatorlar bo’g’in-bo’g’in ko’rinishda yasaladi (odatdagi batareya). Ba’zan ularni ventilyator bilan ta’minlaydilar, bu bilan issiqik almashinishi kuchayadi.