Rajabov Siddiq Rajabovich

Rajabov Siddiq Rajabovich [1910.19.3 (1.4), Qozog’istonning hozirgi Taroz shahri — 1993.28.2, Toshkent] — pedagog olim, pedagogika fanlari Doktori (1958), professor (1959), SSSR Pedagogika Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1968), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1933). Ilmiy-pedagogik faoliyatini shu intning pedagogika nazariyasi va tarixi kafedrasida assistentlikdan boshlagan. 1935 yildan Toshkent pedagogika institutida o’qituvchi, 1941 — 42 yillarda ma’muriy ishlarda. 1943 yildan «qizil O’zbekiston» gazeta muharriri, 1947-61 va 1966 yildan Toshkent pedagogika institutining pedagogika kafedrasi mudiri. 1962 — 66 yillarda O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori. Ilmiy ishlari didaktika, pedagogika nazariyasi. O’zbekistonda pedagogika tarixi masalalariga bag’ishlangan. As: Pedagogika fani taraqqiyotining ba’zi masalalari, T., 1977; Xalq Maori- Fi va pedagogika fanining buyuk allomalari, T., 1990.