Rajput maktabi

Rajput maktabi — Hindiston miniatyura maktablaridan biri; 16— 19-asrlarda rajput knyazlik (roja) lari hududi (Rojaston va Markaziy Hindiston)da mavjud bo’lgan; asosiy markazlari — Mevar, Marvar, bundi, Kishangarx, Malva va boshqalar. Rajput maktabi miniatyuralarida Krishna bilan bog’liq liniy mifologik syujetlar asosiy o’rin egallaydi; unda muhabbat orqali Xudoni anglash («bxakti») g’oyalari o’ziga xos tarzda aksini topgan. Rajput maktabida, shuningdek, o’ziga xos janr bo’lgan «ragi» yoki «ragini» keng tarqalgan. Rajput maktabi uchun tabiatning lirik ibtidosi rivoji, uni nozik his etish xos. 17-asrda Boburiylar davri miniatyura maktabi ta’sirida bo’lgan. Rajput maktabi miniatyuralarida shartlilikni saqlab qoldi. Shakllarni tekis yuzadagi talqini, sof to’yingan tusli jarangdor koloriti, bir maromdagi bezak xususiyatiga ega egiluvchan chiziqlari Rajput maktabini hind devoriy rassomligi an’analari bilan bog’laydi.