Raykova Ilariya Alekseyevna

Raykova Ilariya Alekseyevna (1896.17.9, Samarqand viloyati — 1981.25.10, Toshkent) — botanik. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1956). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1945), biologiya fanlari Doktori (1944), professor (1945). Samarqanddagi xotin-qizlar Gimnaziyasini tugatib (1913), Petrograddagi Oliy kurslardao’qigan (1914-19), 1920 yildan Turkiston universitetida o’qituvchi, dotsent (1930-33), professor (1933-45), tuban o’simliklar (1938-40), 1945 yildan darvinizm, genetika va eksperimental morfologiya kafedrasi mudiri. Raykova O’rta Osiyo bo’ylab ko’p ekspeditsiyalar uyushtirgan va ularga boshchilik qilgan. Asosiy ilmiy ishlari Pomirdan qishloq xo’jalik maqsadlarida foydalanishga, g’o’zaning tuzilishi va rivojlanishiga hamda O’rta Osiyo uzumlariga bagishlangan. As: Sornie rasteniya, Vrediteli i bolezni rasteniy na polyax Vostochnogo Pamira i IX Proisxojdenie, T., 1953.