Rdestlar

Rdestlar (Potanogeton) — rdestdoshlar oilasiga mansub o’tsimon o’simliklar turkumi. Suv ostida yoki suv betida o’sadigan o’simliklar. Ikkala yarim sharning issiq va mo’tadil hududlaridagi chuchuk suv havzalarida o’sadigan 100 ga yaqin turi bor. Rdestlar suv havzalarida qalin o’sib, suv «gullashi»ga sabab bo’ladi. Suv ostidagi qismlari orasida baliqlarga ovqat bo’ladigan mayda jonivor va lichinkalar yashaydi. Rdestlarning ba’zi turlarini suv parrandalari (masalan, o’rdaklar) yaxshi yeydi.