Ribo (Ribot) Teodyul Arman

Ribo (Ribot) Teodyul Arman (1839.18.12, Gengan, Shimoliy Frantsiya — 1916.9.12, Parij) — frantsuz psixologi va psixopatologi, Frantsiyada oliy psixik jarayonlarni eksperimental tadqiq qilishning boshlovchisi. Frantsiyadagi 1-psixologik laboratoriya direktori (1889). Xotira, asossiz diqqat, sezgilar muammolari va boshqalarga oid asarlar yozgan.