Rim universiteti

Rim universiteti — Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. 1303 yil tashkil etilgan. Rim universitetida kimyogar S. Konnissaro, geometrlar E. Baltrami, F.Severi, matematik va mexanik T. Levi-Chivita, Fiziklar E. Fermi, E. Amaldi, tarixchi R. Byanki-Bandinelli ishlagan. Huquq, siyosiy fanlar, savdo-iqtisod, statistika, demografiya va aktuar hisoblar, Filologiya va falsafa, pedagogika, tibbiyot, matematika, fizika va tabiiy fanlar, farmakologiya, fuqaro, sanoat va togkon qurilishi, me’morlik buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1661 yil tashkil etilgan)da 1 milliondan ortiq asar saqlanadi. Untda 180 ming talaba ta’lim oladi.