RU’B, Rub
RU’B, Rub — o’rta asrlardagi Toxariston shaharlaridan biri. Arablar istilosi davrida (7-asr) Ru’b Siminjon shahri bilan yagona mulkni tashkil etib, uning shohi turkiycha Ru’bxon unvoni bilan atalgan. Xalifalikka 826-827 yillarda 12600 dirham miqdorida xiroj to’lagan. Ru’bda mahalliy hukmdor — Ru’bxonning qarorgohi bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- Ruan
- Ruanda
- Ruanda (Rwanda), Ruanda Respublikasi
- Rub’i maskun
- Rub’ul-xoli, ar-Rub’ul-xoli
- Rubbia (Rubbia) Karlo
- Rubens
- Ruberoid

