Sakrovchi baliqlar

Sakrovchi baliqlar (Periophthalmidae) — olabug’asimonlar turkumiga mansub baliqyaar oilasi. 10 ga yaqin turi bor. Hind va tinch okeanining tropik va suvi chuchuklashgan qismlarida, Mangro o’rmonlari botqoqliklarida ko’p uchraydi. Uzunligi 27 santimetrgacha. Sakrovchi baliqlar bir necha soat suvsiz yashay oladi. Tanasi yo’g’on va kalta, qo’ng’irkulrang yoki sarg’ish tusda, qora xollari bor. Ko’zi suvda va quruqlikda ko’rishga moslashgan. Quruqlikda va daraxt shoxlarida muskulli dum va ko’krak suzgichlari yordamida o’rmalab va sakrab harakatlana oladi. Inga uvildiriq tashlaydi. Mayda qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, chuvalchanglar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Sakrovchi baliqlarni tub aholi ovlaydi. Akvariumlarda boqiladi.