San, asan Sam’oqan

San, asan Sam’oqan — Afg’onistonning shimolidagi Guzganon viloyatidagi o’rta asr shaharlaridan biri. 9-asrda San kattaligi jihatidan viloyatda Anbar shahridan keyin turgan. 737/738 yil San yaqinidagi chuqur soy bo’yida arablar bilan turk xoqoni qo’shini o’rtasida jang bo’lgan. 10-asrda San tog’dagi kichik shahar (Madina) ekanligi, unda ko’plab ariqlar va bog’lar borligi, ayniqsa, yong’oqzorlari bilan mashhurligi, 11-asrda San yaqinida Feruza koni borligi, uni xorijiy davlatlarga chiqarilganligi manbalarda qayd etilgan. 12-asrda Sanda mis koni ham bo’lgan.