San-Luis

San-Luis — Braziliyaning shimoliy sharqiy qismidagi shahar. Sanluis orolida, materik bilan Sanmarkus bo’g’oziga qurilgan ko’prik orqali bog’langan. Maranyan shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 867,7 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Atlantika okeani sohilidagi port (chetga paxta, palma yong’og’i va moyi chiqariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, to’qimachilik, poligrafiya sanoati korxonalari; universitet bor. Shaharga 1612 yilda asos solingan.