Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket
Bilasizmi?

San’at turlari qay tariqa farqlanadi?

San’at asarlari kishilar tomonidan har xil materiallardan yaratiladi. Me’morchilik turli xalqlarda mavjud bo’lgan imoratlar qurilishi san’atidan iborat. Darvoqe, Misr fir’avnlarining xilxonalari, rummoniy va gotiy jome’lar, mashhur ibodatxonalar, saroylar, muzeylarning dong’i ketgan. Haykaltaroshlik — bu, tosh, metall, yog’ochda va sintetik materiallarda timsollar yaratilishi. Timsollar butun boshli haykal ko’rinishida ishlangan yoxud barelefning bir qismi bo’lishi mumkin. Turli yuzalarda, asosan matoda rasm chizish san’ati rassomchilik deb ataladi. Bo’yoqlarning o’zlarida turli-tuman bo’lishi mumkin. Ibodatxonalar va saroylarning devorlari ko’pincha naqshlar bilan ziynatlangan. Ayrim musavvirlar moybo’yoqdan foydalanishni afzal ko’radilar, boshqalari esa akvarel — suvbo’yoqni ishlatishadi. Qog’ozda rasm chizish san’ati grafika deb ataladi. Demak, ko’rib turganingizdek, har bir san’at turida o’z materiallari va ular bilan ishlash tariqalaridan istifoda etilar ekan. Ko’z bilan ko’rish yoki quloq bilan eshitish vositasida idrok etiladigan san’at turlari ham mavjud. Ularga misol tariqasida teatr, qiyofabozlik, musiqa, kino, dizaynni keltirish mumkin. Ayrim san’at turlari turkum-turkum ishlab chiqarish va yagona muallif nusxasi o’rtasidagi chegarada vujudga keladi va rivojlanadiki, bularga: cho’yan quymasi tayyorlash, yangi modadagi buyumlarni yaratish va zebu ziynatlarni yasashni misol sifatida ayta olamiz.

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket